"Barsa"ga nemis himoyachisi kerak

  • 4 noyabr, 2021, 20:14
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Borussiya" Myunxengladbax futbolchisi Mattias Ginter faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Fichajes.net" nashri xabar bermoqda. 

Nemis himoyachisining klubi bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida yakunlanadi. "Ko‘k-anorranglilar" rahbariyati uni himoya chizig‘ini kuchaytira olishiga ishonmoqda. Bundan tashqari, Mattiasning erkin agent sifatida "Barsa"ga kelishi, moliyaviy qiyinchilik davrida Kataloniya klubi uchun foydali bo‘ladi. 

Eslatib o‘tamiz, 27 yoshli futbolchiga Madridning "Real" klubi qiziqayotgani haqida ham xabarlar tarqalayotgandi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!