
"Barsa"ga qarshi o‘yin oldidan "Real"ning 3 yulduzi jarohat oldi
Ispaniya La Ligasi 29-turida "Real" va "Barselona" jamoalari o‘zaro bahs olib boradi.
Mazkur o‘ta muhim o‘yin oldidan madridliklar etakchisi Karim Benzema jarohat oldi. Frantsiyalik futbolchi "Malorka"ga qarshi uchrashuvning 85-daqiqasida oyoq mushaklarida og‘riq sezdi va bellashuvni davom ettirolmadi.
E’tiborlisi, bosh murabbiy uning o‘rnini boshqa futbolchi bilan to‘ldira olmadi. Boisi, Karlo Anchelotti bu vaqtga qadar o‘zgarishlarning barchasini amalga oshirib ulgurgandi. Shuningdek, "ek-klasiko"ni Rodrigo va Ferlan Mendi ham o‘tkazib yuborishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, "Real" - "Barselona" o‘yini 20-dan 21 martga o‘tar kechasi soat 01:00 da start oladi.
Fikrlar