
"Barsa"ga yaqinlasha olmayotgan "Real" yohud La Liga turnir jadvalida vaziyat qanday tus oldi?
La Ligada 24-tur o‘yinlari deyarli tugadi. Ushbu bosqichda "Real" "Betis" maydoniga safar uyishtirib, durangga imzo chekdi. "Barselona" esa qiyinchilik bilan "Valensiya"ni mag‘lub qildi. "Atletiko" ushbu turda "Sevilya"ni ayab o‘tirgani yo‘q. 4-o‘rinda borayotgan "Real Sosedad" "Kadis" bilan murosa ko‘chasini tanladi.
Shu tariqa, "Barselona" va "Real" o‘rtasidagi farq 9 ochkoga etdi. 3-o‘rinda kelayotgan "matraschilar"da esa 45 ochko mavjud. Quyida La Liga turnir jadvali bilan tanishishingiz mumkin.
Fikrlar