
"Barsa"ni Evropa Ligasidan ham "quruq" qoldirishdi
Evropa ligasi chorak final javob uchrashuvidan o‘rin olgan "Barselona" - "Ayntraxt" bellashuvi yakunlandi. Unda mehmonlar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Nemis klubida gollarga Kostich (dubl) va Borre mualliflik qildi. "Ko‘k-anorranglilar"ning ikki goli Buskets hamda Depay nomiga qayd etildi.
Shu tariqa, nemis klubi Evropa ligasi yarim finaliga yo‘l oldi. "Barselona" chorak finalda musobaqa bilan xayrlashishga majbur.
Fikrlar