
“Barsa”ning hurmati qolmadi
“Real”ning argentinalik sobiq himoyachisi Oskar Rudjeri “Barselona” etakchisi Lionel Messi klubdan ketishi kerakligini ta’kidlamoqda.
- Messi klubdan ketishi kerak, u jamoaga bo‘lgan hurmatini yo‘qotgan, Evropaning boshqa barcha klublari “Barselona”ni hurmat qilmay qo‘ydi. Hamyurtim hamon dunyoning eng zo‘r o‘yinchisi, lekin ketsa yaxshi bo‘lardi. Ayniqsa, kataloniyaliklar uning do‘sti Luis Suaresni klubdan haydab yuborganidan keyin Messining ham ketish istagi kuchaydi. Messi va “Barselona” o‘zaro hamkorlikda ko‘p narsalar erishdi, endi esa ayriliq vaqti keldi, - dedi Oskar Rudjeri.
Oskar Rudjeri “Real” va Argentina terma jamoasining asosiy himoyachisi sifatida to‘p tepgan. U “Qirollik klubi” tarkibida 1989-1990 yilgi Ispaniya chempioni hisoblanadi.
Fikrlar