"Barsa"ning orzusi "Real"da o‘ynashni orzu qiladi

  • 25.12.2024 17:15
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" yozda o‘z safiga qo‘shib olishni istagan Niko Uilyamsning orzusi boshqa bir klub bo‘lib chiqdi. 

"DefensaCentral" nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, ispaniyalik vinger "Real"ga o‘tishni xohlaydi. 

Ta’kidlash kerak, "ko‘k-anorranglilar" hamon "Evro-2024"da omma e’tiboriga tushgan futbolchi variantidan voz kechgani yo‘q. 

U joriy mavsumda "Atletik Bilbao" safida La Liga doirasida 17 ta bellashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 3 ta assist muallifiga aylangan. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!