"Barselona" 19 yoshli urugvaylik himoyachini transfer qildi

  • 26.01.2026 22:20
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" Urugvayning "Defensor Sporting" klubi safida to‘p surayotgan 19 yoshli chap himoyachi Patrisio Pasifikoni o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqida Fabrizio Romano ma’lum qildi.

Taraflar ijara asosidagi kelishuvga erishdi. Shartnomada 1,8 million yevro miqdorida sotib olish imkoniyati (qo‘shimcha bonuslar bilan) nazarda tutilgan bo‘lib, ayrim shartlar bajarilsa, bu band majburiyga aylanishi mumkin.

Ma’lum qilinishicha, Pasifiko dastlab "Barselona B" jamoasi tarkibida faoliyat yuritadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!