"Barselona" afsonasi katta futbolga qaytmoqda

  • 27.01.2026 18:41
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

Braziliya terma jamoasi va "Barselona" klubi himoyachisi Dani Alves Portugaliya chempionatida faoliyatini davom ettirishi mumkin.

Xabarlarga ko‘ra, "Barselona", "Yuventus", PSJ kabi grand klublarda to‘p tepgan braziliyalik himoyachi Dani Alves professional futbolda qaytishga yaqin turibdi. Ma’lum bo‘lishicha 42 yoshli fulbek Portugaliyaning uchinchi divizionida ishtirok etuvchi "San-Joau de Ver" klubida faoliyatini davom ettirishi mumkin. Yaqindagina futbolchi ushbu jamoaning aksiyadorlaridan biriga aylangan edi. Dani hali hamon Braziliya terma jamoasi bilan 2026 yildagi Jahon chempionatida ishtirok etishni istamoqda. Futbolchi o‘tgan yilning bahorida nomusga tegish ishi bo‘yicha oqlangan edi.

Ma’lumot uchun, Alves bir yildan ortiq vaqtni panjara ortida o‘tkazgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!