“Barselona” Angliyadan Onanani olib keladi

  • 12.12.2023 16:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Barselona” mutasaddilari tarkibni kuchaytira oladigan futbolchini Angliya Premer-ligasidan topdi.

Jurnalist Fernando Poloning yozishicha, kataloniyaliklar “Everton” vakili Amadu Onanani Ispaniyaga taklif qilmoqchi.

Onananing maydondagi asosiy pozitsiyasi tayanch hududi hisoblanadi. Bundan tashqari, iste’dodli futbolchi himoya markazi yoki markaziy yarim himoyachi vazifasini ham bajara oladi.

22 yoshi Amadu Onana Transfermarkt portali ekspertlari tomonidan 50 million evroga baholanmoqda.

Bu futbolchi xalqaro maydonda Belgiya terma jamoasi sharafini himoya qilmoqda va hozirgacha to‘qqizta uchrashuvda maydonga tushgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!