"Barselona" argentinalik futbolchi transferi ustida ish olib boryapti
"Ko‘k-anorranglilar" 22 yoshli futbolchini Suarecga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rishmoqda. "Barselona" rahbariyati ushbu yozda xarid qilingan Antuan Grizmannga markaziy hujumchi deb qarashmayapti. Klub sport direktori Erik Abidal transfer masalasida ish olib borilayotganini aytib o‘tdi:
"Lautaro mukammal futbolchi. U so‘nggi ikki yil mobaynida ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Biz futbolchini kuzatib boryapmiz va kelishuvning barcha jihatlarini o‘rganib chiqmoqdamiz. "Barselona"ga moslashib ketish oson emas. Shu sababdan biz maksimal tarzda o‘zimizga mos futbolchilarni izlaymiz.
Fikrlar