“Barselona” ashaddiy raqib – “Real”dagi voqealarga munosabat bildirdi
Ispaniya Superkubogi finalida “Real” futbolchilari “Barselona”ga 2:3 hisobida yutqazganidan keyin “Qirollik klubi”da jiddiy o‘zgarish bo‘ldi. Madrid klubi rahbariyati bosh murabbiy Xabi Alonso bilan xayrlashdi.
“Real”da yuz bergan o‘zgarish “Barselona”ni ham befarq qoldirmadi. Kataloniyaliklar sport direktori Deku Xabi Alonsoning ishdan olingani va uning o‘rniga tayinlangan Alvaro Arbeloa haqida fikr bildirdi.
- Xabi Alonsoning ishdan olingani meni biroz hayron qoldirdi. Chunki u jamoada juda qisqa vaqt ishlagan edi.
Arbeloa esa, yaxshi murabbiymi yoki yo‘q, buni bilmayman, - dedi Deku.
Ta’kidlash joizki, Xabi Alonso o‘tgan yoz “Bayer”dan “Real”ga ko‘chib o‘tgan edi. Uning “Qirollik klubi”dagi qisqa faoliyati sovrinsiz tugadi.
Arbeloa esa, shu paytgacha “Real” akademiyasi hisoblangan “Kastilya” jamoasini o‘tgan yozdan beri boshqarib kelaotgan edi. Uning shogirdlari joriy mavsumda 19 ta o‘yin o‘tkazib, 10 ta g‘alaba, 8 ta mag‘lubiyat va 1 ta durang qayd etdi.

Fikrlar