"Barselona" "Atletik"ni tor-mor keltirdi va mavsumdagi ilk sovrinini qo‘lga kiritdi. Messidan dubl (video)

  • 18.04.2021 02:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniya kubogining final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Hal qiluvchi o‘yinda “Barselona” va “Atletik” jamoalari maydonga tushdi.

Kataloniyaliklarning to‘liq ustunligida o‘tgan bahs 4:0 hisobida aynan “ko‘k-anor ranglilar”ning yirik g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu kuni “Barselona” safida Lionel Messi (68', 72') dubl qayd etgan bo‘lsa, qolgan ikki golga Antuan Grizmann (60') va Frenki de Yong (63') mualliflik qildi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!