"Barselona" Bastoniga kimni muqobil variant sifatida ko‘rayotgani ma'lum bo‘ldi

  • 21.03.2026 17:31
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Barselona" "Inter" himoyachisi Alessandro Bastoniga qiziqishda davom etmoqda, ammo italyan klubi futbolchini 100 mln yevroga baholadi, bu esa "koʻk-anorranglilar" uchun katta summa hisoblanadi. 

Estadio Deportivo xabar berishicha, Kataloniya klubi Bastonining transferi boʻyicha bitimning murakkabligini inobatga olib, unga muqobil variant sifatida "Aston Villa" himoyachisi Pau Torresni koʻrib chiqmoqda, u ispan futbolida oʻynash tajribasiga ega va toʻpga egalik qilishga moslasha oladi.

Shuningdek, "Barselona" Dortmundning "Borussiya" klubi himoyachisi Niko Shlotterbekni oʻz safiga qoʻshib olish variantini hamon istisno etmayapti.

Torres joriy mavsum barcha musobaqalarda 26 ta oʻyinda maydonga tushdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar moʻljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, futbolchining bozor narxi 22 mln yevroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!