
“Barselona” bir kunda ikkita transferni hal qildi
“Barselona” transfer bozori yopilguniga qadar ikkita yangi futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, kataloniyaliklar “Lion” hujumchisi Memfis Depay va “Manchester Siti” himoyachisi Erik Garsiya transferlarini ijobiy hal qilgan. Har ikki futbolchi bugun tibbiy ko‘rikdan o‘tib, jamoa bilan shartnoma imzolaydi.
“Barselona” rahbariyati klub tarbiyalagan Garsiya uchun “shaharliklar”ga 15 million evro va bonuslar va’da qilgan. Niderlandiyalik hujumchining transferi 25 million evroga hal bo‘ldi.
Fikrlar