“Barselona” bu statistilkada “Real Madrid”ga yetib oldi
Barselona “el-klasiko”lardagi g‘alabalar soni bo‘yicha "Real Madrid"ga yetib oldi. Xansi Flik shogirdlari La Liganing 35-turida madridliklarni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
Bu kataloniyaliklarning rasmiy “el-klasiko”lardagi 106-g‘alabasi bo‘ldi. “Real” hisobida ham xuddi shuncha g‘alaba mavjud. Shuningdek, jamoalar 52 marta durang o‘ynagan.
Urilgan gollar bo‘yicha esa madridliklar hali ham ustunlikka ega — 444 taga qarshi 441 ta gol.
Ma’lumot uchun, "ko‘k-anorranglilar" La Liganing joriy mavsumida muddatidan oldin chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Fikrlar