"Barselona": Bu to'rurar bizga kerakmas!
Serbiya terma jamoasi hujumchisi Dušan Vlahovichning ehtimoliy transferi «Barselona» rahbariyatini qiziqtirmadi.
Mundo Deportivo nashri yozishicha, Vlahovichning agentlari uning nomzodini Kataloniya klubiga taklif qilgan. Ammo Ispaniya chempioni bosh murabbiyi Hans-Diter Flik, jamoani Robert Levandovski tark etganiga qaramay, bu variantni ko‘rib chiqishga ham hojat yo‘q ekanini ta’kidladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 26 yoshli Vlahovich 30 iyundan erkin agentga aylandi. Uning maosh bo‘yicha talablar Turinning «Yuventus» klubini qoniqtirmagani uchun italyanliklar hujumchi bilan shartnomani uzaytirishdan voz kechgan.
Bundan tashqari, Dušan Vlahovich agentlari kataloniyaliklardan o‘z mijozı uchun yillik sakkiz million yevro maosh va jamoani tanlagani evaziga 15 million yevro bonus talab qilgan.
Ayni paytda Dušanga Turkiyaning «Beshiktaş» klubidan aniq taklif bor. Shunga qaramay, serbiyalik futbolchi hozircha eng kuchli chempionatlardan biri klubi bilan shartnoma imzolash umidini saqlab qolmoqda.

Fikrlar