"Barselona" Ferran Torres bo‘yicha bir qarorga keldi

  • 11.04.2026 14:01
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

"Barselona" jamoa futbolchisi Ferran Torres bo‘yicha aniq bir qarorga keldi. Bu haqida "Sport es" nashri xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Kataloniya klubi futbolchini sotish masalasini ko‘rib chiqishga tayyorligini ma’lum qilgan. Klub rahbariyatining fikricha, Torresning transferi jamoani transfer bozoridagi faoliyatini davom ettirishga yordam beradi. 

Ferranning hozirda "transfermarkt" portalidagi narxi 50 million evroni tashkil etadi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga yetadi.

Ma’lumot uchun,26 yoshli futbolchi joriy mavsum ispan klubi safida 42 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z nomiga 16 ta gol va 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!