"Barselona" futbolchisi "Benfika" bilan muzokara o‘tkazmoqda

  • 11.05.2019 09:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" klubi darvozaboni Yasper Sillessen faoliyatini Portugaliya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda A Bola nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaning yozishicha gollandiyalik posboni ayni damda "Benfika" klubi bilan muzokaralar o‘tkazmoqda. Lissabonliklar uni yaqinlashib kelayotgani yozgi transferlar davrdi qo‘lga kiritishmoqchi.

Ta’kidlash kerakki, Sillessen “Barsa” safida Mark Andre ter Shtegendan so‘ng ikkinchi darvozabon bo‘lib yurishni xohlamayapti va shu bois mavsumlar oralig‘ida jamoasini o‘zgartirmoqchi.

Ma’lumot uchun, Sillessen “Barselona” safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida bor yo‘g‘i 29ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z darvozasidan 21ta gol o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!