"Barselona" futbolchisi faoliyatini Madrid klubida davom ettirishi mumkin
Madridning "Atletiko" klubi "Barselona" futbolchisi Mark Kasadoni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqida "Fichajes" nashri ma’lum qildi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, "matraschilar" ispaniyalik futbolchini Gallahergа o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Kataloniya klubi Mark uchun 25 million yevro talab qilmoqda. "Atletiko" joriy transfer oynasida ushbu transferni amalga oshirishni rejalashtirgan. Lekin hali hech qanday taklif jo‘natilmagan.
22 yoshli xavbekning hozirda transfer bozoridagi narxi 25 million yevroga baholanmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozida yakuniga yetadi.
Eslatib o‘tamiz, Kasado joriy mavsum Flik qo‘l ostida 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Fikrlar