"Barselona" futbolchisini Bundesliga klubida olib qolishmoqchi, lekin...
Gelzenkirxenning “Shalke” klubi mavsumni ijarada o‘tkazayotgan “Barselona” himoyachisi Jan-Kler Todiboni yangi mavsumda ham o‘z safida olib qolmoqchi.
Sport.es nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, nemis klubi 20 yoshli frantsiyalik futbolchining ijara shartnomasini yana bir yilga uzaytirmoqchi. Aslida, “Shalke” Todiboni 25 mln evro evaziga to‘liq sotib olishni rejalashtirayotgan edi. Biroq, koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan moliyaviy inqiroz ushbu rejani o‘zgartirib yubordi.
“Barselona” esa ijara muddatini uzaytirish bo‘yicha “Shalke”ning taklifini qabul qilmasligi mumkin. Boisi, Todiboni to‘liq sotib olish masalasida kataloniyaliklarda qator takliflar mavjud.
Jan-Kler Todibo joriy mavsum Bundesligada 5 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos.
Fikrlar