"Barselona" himoyachisi "Atletiko"ga o‘tmoqda

  • 24.08.2024 06:45
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" himoyachisi Klemen Langle faoliyatini Ispaniyaning boshqa bir grandi "Atletiko"da davom ettiradi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano. 

Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, himoyachi kataloniyaliklar bilan tuzgan shartnomasini 2027 yilgacha uzaytirib, "matraschilar" safiga ijara asoida ko‘chib o‘tadi. Madrid klubi uning maoshini asosiy qismini to‘laydi. Bitimda 29 yoshli futbolchini sotib olish bandi bo‘lmaydi. 

Langle o‘tgan mavsumni "Aston Villa"da o‘tkazdi. Shuningdek, u "Tottenxem"da ham ijarada o‘ynadi. O‘z vaqtida "Barsa" frantsiyalik himoyachini "Sevilya"dan 36 million evroga sotib olgandi. 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!