"Barselona" himoyachisi jarohat oldi

  • 05.10.2020 01:57
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

Ispaniya La Ligasi 5-turi doirasida "Barselona" klubi o‘z uyida "Sevilya"ni mehmon qildi va 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

Uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan "ko‘k-anorranglilar" etakchilaridan biri Xordi Alba jarohat oldi va 75-daqiqada o‘z o‘rnini debyutant Serjino Destga bo‘shatib berdi. Hozircha, himoyachining qancha muddatga safdan chiqqanligi ma’lum emas.

Kataloniyaliklarni 25 oktyabr kuni "Real" Madrid jamoasiga qarshi, 27 oktyabrda esa, "Yuventus"ga qarshi muhim uchrashuvlar kutib turibdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!