"Barselona" hujumchisi Messi bilan bir jamoada o‘ynashi mumkin edi

  • 14 fevral, 2022, 17:03
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qishda "Barselona" safiga kelib qo‘shilgan Per-Emerik Obameyang faoliyatini boshqa chempionatda davom ettirishi mumkin edi.

Tecno

Xabarlarga qaraganda, PSJ rahbarlari futbolchini o‘z jamoasida ko‘rishni istagan. Buning uchun parijliklar "Arsenal"ga Mauro Ikardini berishga ham rozi bo‘lgan. Biroq "kanonirlar" rad javobini bergan.

Yakunda Ikardi Parijda qoldi, Obameyang esa, erkin agent sifatida "ko‘k-anorranglilar" bilan shartnoma imzoladi. Gabonlik forvard londonliklar safida 163 uchrashuv o‘tkazib, 92 gol va 21 assist muallifiga aylandi.

Ikardi PSJ libosida 87 o‘yinda 38 bor raqiblari darvozasiga yo‘l topgan. Shuningdek, uning hisobida 10 ta assist mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!