"Barselona" hujumchisiga "Liverpul" qiziqish bildirmoqda
Ferran Torres "Liverpul"ning transfer roʻyxatiga kiritildi.
"Tactical Football Review" maʼlumotiga koʻra, mersisaydliklar ispaniyalik hujumchiga Muhammad Salohning ehtimoliy ketishi fonida qiziqish bildirmoqda.
Qayd etilishicha, jamoa bosh murabbiyi Arne Slot Torresning oʻyinini yuqori baholaydi va uni oʻz uslubiga juda mos deb hisoblaydi.
Joriy mavsumda 26 yoshli futbolchi barcha musobaqalarda 40 ta oʻyinda ishtirok etib, 16 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Transfermarkt maʼlumotiga koʻra, Torresning bozor qiymati 50 million yevro atrofida baholanmoqda.
Fikrlar