"Barselona" ikki ispaniyalik futbolchisidan qutilmoqchi

  • 06.11.2023 18:54
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

"Barselona" ikki futbolchisi bilan xayrlashishga qaror qildi.

"Todofichajes" nashrining ma’lum qilishicha, Kataloniya grandi himoyachi Markos Alonso va yarim himoyachi Serxi Roberto bilan yangi shartnoma tuzmoqchi emas. Ispaniyaliklarning "ko‘k-anorranglilar" bilan shartnomasi joriy mavsum yakuniga etadi. 

"Ko‘k-anorranglilar" futbolchilar bilan qishki transferlar oynasi yoki 2023/2024 yilgi mavsum oxirida xayrlashadi. 

La Liganing 12-turi natijalariga ko‘ra, "Barselona" turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!