"Barselona" ikki qanotini almashtirmoqchi

  • 27 dekabr, 2021, 16:05
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Katta o‘zgarishlar ostonasida turgan "Barselona" qanotlarni kuchaytirmoqchi.

"Diario Sport" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, klub yozgi transfer oynasida o‘ng va chap qanotga himoyachi olib kelishni rejalashtirgan. Bosh murabbiy Xavi Serjino Destni kelasi mavsum rejalariga kiritmayapti. Avvalroq, uning o‘rniga "Ayaks"dan Nussair Mazraui sotib olinishi haqida xabar bergandik.

Xordi Alba o‘rniga esa, "Valensiya" futbolchisi Xose Gayya olib kelinishi mumkin. Ispaniyalik fulbekning "ko‘rshapalaklar" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga etadi. 

Ma’lumot uchun, kataloniyaliklar "Manchester Siti" vingeri Ferran Torres bilan kelishuvga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!