
"Barselona" Janubiy Koreya klubini yirik hisobda mag‘lub etdi. Reshford debyut golini kiritdi
Janubiy Koreyaning "Tegu" hamda Ispaniyaning "Barselona" klublari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi yakuniga etdi. Uchrashuv Janubiy Koreyadagi "Tegu Bank Park" stadionida bo‘lib o‘tdi. Unda kataloniyaliklar yirik 5:0 hisobida zafar quchdi.
Uchrashuvning 21-daqiqasida "Barselona" yarim himoyachisi Gavi hisobni ochdi. Oradan 6 daqiqa o‘tib, hujumchi Robert Levandovski "ko‘k-anorranglilar"ning ikkinchi goliga mualliflik qildi. 45+2-daqiqada Gavi dublni rasmiylashtirdi. 55-daqiqada hujumchi Toni Fernandes hisobni 4:0 ko‘rinishiga keltirdi. "Tegu" darvozasiga beshinchi golni angliyalik Markus Reshford kiritdi.
Fikrlar