“Barselona” katta muammoga duch keldi
Joriy mavsum Ispaniya chempionligi unvonini himoya qilayotgan “Barselona” 14 sentyabr belgilangan “Valensiya”ga qarshi uchrashuv oldidan katta muammoga duch keldi.
Diario AS nashrining yozishicha, Xands-Diter Flik boshchiligidagi murabbiylar shtabi bo‘lajak uchrashuvga tarkib tanlashda hozirdan qiyinchilikka uchrayapti. Gap shundaki, Flik tizzasi bezovta qilayotgan yarim himoyachi Gavi xizmatidan foydalanolmaydigan bo‘ldi.
Avvalroq, himoyachi Alexandro Baldening navbatdagi turni o‘tkazib yuborishi aniq bo‘lgandi. Spaniyalik futbolchi mashg‘ulotda shikastlandi.
Jamoaning asosiy yulduzi Lamin Yamal belidagi og‘riq tufayli Ispaniya terma jamoasidan qaytib keldi va hozircha “Barselona”ga ham yordam bera olmaydi.
Niderlandiya terma jamoasiga yuborilgan pleymeyker Frenki de Yong ham jarohatga yo‘liqdi va ma’lum muddat davolanishiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar