
"Barselona" kelasi yil yozda super transfer amalga oshirmoqchi
"Barselona" "Napoli" futbolchisi Xvicha Kvaratsxeliyani xarid qilmoqchi.
"El Nacional" nashrining xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar vinger bilan 2024 yil yozda shartnoma imzolamoqchi. Rahbariyat aksar moliyaviy muamolarni hal qilib bo‘lganiga ishonmoqda va mavsum so‘nggida transferlar uchun mablag‘ paydo bo‘lishiga umid qilmoqda.
Yaqin oylar mobaynida klub gruziyalik futbolchini kuzatib boradi. "Barselona"dagilar Xvicha dunyoning eng yaxshilaridan biriga aylanishiga ishonadi. Shuningdek, neapolliklar Kvaratsxeliyani 100 million evrodan kamiga sotmoqchi emas.
Avvalroq, 22 yoshli qanot yarim himoyachiga "Liverpul", "Nyukasl", PSJ va "Real" klublari qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Fikrlar