"Barselona" Lionel Messining jarohati bo‘yicha rasmiy bayonot berdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" rasmiy matbuot xizmati jamoa sardori Lionel Messining jarohati va uning holati haqida rasmiy bayonot berdi.

"Messining o‘ng oyoq boldirlarida kichik jarohat bor. Bugundan u yakka tartibda shug‘ullanishni boshladi va mavsum restartigacha keraksiz xavflardan qochish uchun maxsus mashqlarni bajardi.

Leo bir necha kundan so‘ng asosiy jamoaga qo‘shilishi kerak", - deyiladi klub bayonotida.

Oldinroq, ispan matbuoti Messi jarohat sabab "Malorka"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkinligi xabar qilingan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!