"Barselona" muxlislari uchun noxush xabar! Jamoada vaziyat og‘ir
"Barselona"ning sobiq prezidenti Eduard Romeu Kataloniya klubidagi og‘ir moliyaviy ahvol haqida gapirdi.
Unga ko‘ra, 16 iyun kuni delegatlarning yana bir muhim Assambleyasi bo‘lib o‘tadi va ular “o‘lik jamoa”ni tiriltirishga harakat qilishadi.
“Vaziyat hanuz o‘ta og‘ir, biroq bir yil oldingi holatdan ko‘ra ijobiy tomoni shundaki, biz qaerda ekanligimiz va muammomiz nimada ekanini bilamiz.
Biz bu dramaga nima sabab bo‘lganini bilamiz. Qarz - 500 million evro. Agar biz hech narsa qilmasak, bu qarzga yana 150 million evroga yaqin zarar qo‘shilishi mumkin. Agar kimdir klubga yordam bermoqchi bo‘lsa, 500 million evro bersin. "Barselona"ni saqlab qolish uchun aynan shu narsa kerak", - dedi Romeu Sport.es nashriga bergan intervyusida.

Fikrlar