"Barselona" Olmo bilan kelishib oldi
"Barselona" yozgi transferlar oynasida Dani Olmoni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda. Ushbu transfer tez orada amalga oshishi mumkin.
Fabritsio Romano xabar berishicha, kataloniyaliklar hujumkor yarim himoyachi bilan kelishib oldi. Shartnoma 2030 yilgacha amal qiladi. Olmo sobiq klubiga qaytishni istamoqda.
Tez orada "Barselona" "Leyptsig"ga taklif bilan chiqadi. Ispan grandi 55+7 million evro to‘lashni maqsad qilgan. Germaniya jamoasi bu taklifni qabul qilish ehtimoli yuqori, deya ma’lum qilmoqda insayder Matteo Moretto.
Dani 2007-2014 yillar davomida "ko‘k-anorranglilar" tarkibida to‘p surgan bo‘lib, 2014 yili "Dinamo Zagreb"ga ko‘chib o‘tgan.
Fikrlar