"Barselona" prezidentidan balandparvoz gaplar
"Barselona" prezidenti Joan Laporta Robert Levandovski transferi haqida gapirdi.
"Biz uni o‘z safiga qo‘shib olganimizdan xursandmiz. U "Barsa"ga o‘tish uchun qattiq kurashdi va biz bundan faxrlanamiz.
Biz jamoani yana ham kuchli qilish uchun qo‘limizdan kelgan ishni qilyapmiz. Men Mateu Alemani hamda Xordi Kroyff, shuningdek, vitse-prezident Rafael Yustening qilgan ishlari uchun o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman.
Biz o‘z darajamizga qaytyapmiz va "Barselona"ni jahon darajasiga olib chiqyapmiz. Kuchayishda davom etamiz. Albatta, o‘z imkoniyatlarimiz chegarasida", - dedi "ko‘k-anorranglilar" prezidenti.

Fikrlar