"Barselona" PSJ futbolchisiga qiziqmoqda, ammo u Messi emas
"Barselona" o‘z tarkibini kuchaytirish imkoniyatlarini o‘rganib chiqmoqda. "Fichajes" nashri xabariga ko‘ra, Kataloniya klubi PSJ yarim himoyachisi Karlos Solerga qiziqish bildirmoqda.
Soler parijliklar safida etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti, shuning uchun futbolchi Ispaniyaga qaytish haqida o‘ylab ko‘rishi mumkin. Karlos oldin "Valensiya"da o‘ynagan.
2022/2023 yilgi mavsumda Karlos Soler PSJning 14 ta uchrashuvida jami 566 daqiqani maydonda o‘tkazgan. 25 yoshli yarim himoyachi uchta gol va sherigiga bitta samarali uzatmani amalga oshirdi.
"Transfermarkt" portali Karlos Solerni 35 million evroga baholamoqda.



Fikrlar