"Barselona" qaysi futbolchilarga chiqish eshigini ko‘rsatib qo‘yishi ma’lum
"Barselona" rahbariyati keyingi mavsum o‘z rejalariga kiritmagan futbolchilar ro‘yxati malum bo‘ldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Serxio Buskets, Jerard Pike, Jordi Alba va Serxi Roberto kelayotgan yozda Kataloniya klubini tark etadi.
Buskets va Robertoning shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etsa, Pike hamda Albaning klub bilan tuzgan bitimi 2024 yilgacha amal qiladi .
Pike va Alba bu mavsum jamoadagi o‘z o‘rnini yo‘qotdi, Buskets asosiy tarkibda qolmoqda, Roberto esa jarohatlar tufayli muntazam ravishda o‘ng qanot himoyasida harakat qilmoqda. Buskets kelajagi haqida jahon chempionatidan keyin bir qarorga kelishi haqida ko‘plab ma’lumotlar tarqaldi. Ammo klub tajribali futbolchi bilan kelishuvni uzaytirish haqida o‘ylagani yo‘q.
Xavi Robertoning ko‘p qirraliligini qadrlaydi, ammo Kataloniya klubi o‘ng qanot himoya va yarim himoya pozitsiyasini kuchaytirmoqchi. Agar yangi futbolchi xarid qilinsa, Serjga ham "chiqish eshigi" ko‘rsatiladi.
Yanvar oyida 36 yoshga to‘ladigan Pike va 33 yoshli Alba bilan vaziyat yanada murakkab. Boisi, ularning shartnomasi yana 18 oyga amal qiladi. Klub esa futbolchilarga katta maosh to‘lashni istamayapti. Shu sabab, "ko‘k-anorranglilar" rahbariyati mazkur futbolchilar bilan shartnomani bekor qilmoqchi.
Fikrlar