“Barselona” qiziqqan hujumchi jarrohlik amaliyotidan o‘tib, uzoq muddatga safdan chiqdi

  • 29.07.2026 22:34
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Bornmut» hujumchisi Eli Zhunior Krupi oyoğidan olgan jarohati sabab jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi. The Athletic nashri xabar berishicha, u kamida uch-toʻrt oy maydonga tusha olmaydi.

20 yoshli fransuz futbolchi jamoaning Avstriyadagi mavsumoldi yigʻinlari paytida jarohat olgan. Shundan soʻng u Angliyaga qaytarildi va chorshanba kuni unga operatsiya qilindi.

Krupining yoʻqotilishi «Bornmut» uchun jiddiy zarba boʻldi. Oʻtgan mavsumda u jamoaning Angliya premyer-ligasidagi eng samarali oʻyinchisiga aylanib, 33 uchrashuvda 13 ta gol urdi. Ushbu gollarning beshtasi chempionatning soʻnggi sakkiz turida qayd etilgan. Mazkur natijalar orqali klub musobaqani oltinchi oʻrinda yakunlab, Yevropa ligasi yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan edi.

Krupining oʻyinidagi bunday yuksak samaradorlik «Arsenal» va «Barselona» klublari skautlarining eʼtiborini tortdi. Shunga qaramay, «Bornmut» hujumchisini sotish masalasini koʻtarishga shoshilmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!