"Barselona" Rafinyadan norozi

  • 18.04.2023 14:43
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Kataloniyaning "Barselona" klubi "Lids"dan 58 million evro evaziga xarid qilingan Rafinyaning xatti-harakatidan norozi. 

Jurnalist Fernando Poloning so‘zlariga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" braziliyalikning o‘yin vaqtida doimiy shikoyat qilishidan charchagan. Yaqinda Diazning o‘zi har bir o‘yinda asosiy tarkibda o‘ynash istagi borligini ma’lum qilib, klubdagi o‘rnidan norozi ekanini ta’kidlagandi. Qolaversa, “Barselona” Rafinyaning mashg‘ulotlardagi xatti-harakatlaridan qoniqmayapti.

Eslatib o‘tamiz, 26 yoshli vinger yozda ispan grandini tark etish uchun nomzodlardan biri hisoblanadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!