"Barselona" "Real" qiziqayotgan futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 16.01.2026 18:04
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Ayaks" yarim himoyachisi Rayan Bunida hamon top-klub e'tiborida.

Diario AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 19 yoshli hujumkor yarim himoyachini "Barselona" o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Kataloniya klubi ham markazda, ham qanotda o‘ynay oladigan gollandiyalik iqtidor egasining transferiga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Qayd etish kerakki, futbolchini qo‘lga kiritish uchun Madriddning "Real" klubi ham kurash olib bormoqda.

Rayan Bunida "Ayaks" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Yarim himoyachi joriy mavsum 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!