"Barselona" sobiq bosh murabbiyi "Real"ni boshqarmoqchi
"Pari Sen-Jermen" bosh murabbiyi Luis Enrique Parij klubini tark etib, 2026 yilning yozida "Real"ni boshqarishi mumkin. Bu haqida Topskills Sports UK'ning Xdagi akkaunti xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Enrique yangi yangi klubni boshqarishga ochiq, ammo futbolchilar, transferlar va sport yechimlari ustidan to‘liq nazoratni qo‘lga kiritish sharti bilan. Qayd etilishicha, ispaniyalik mutaxassis Ispaniya chempionatidagi faoliyatiga qaytish imkoniyatiga jiddiy qaramoqda.
Eslatib o‘tamiz, Enrique 2014-2017 yillarda "Barselona" bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan. Uning qo‘l ostida "ko‘k-anorranglilar" Chempionlar ligasi, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati, UEFA Superkubogi, ikki marta Ispaniya chempioni, uch marta mamlakat kubogi va bir marta Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritgan.
2023 yilning yozidan beri Enrique PSJni boshqarmoqda, u bilan Chempionlar ligasini ham qo‘lga kiritgan, qit’alararo kubok va UEFA Superkubogida g‘olib chiqqan, shuningdek, ikki martadan Fransiya chempionati, kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan.
Fikrlar