"Barselona" sobiq ustozi JCh-2022 favoritlari nomini aytdi

  • 3 dekabr, 2022, 18:30
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona"ning sobiq bosh murabbiyi Ronald Kuman Qatardagi jahon chempionati guruh bosqichi yakunlanganidan so‘ng, mundialning asosiy favoriti sifatida qaysi jamoalarni ko‘rishini aytdi.

Tecno

“Men uchun turnirning asosiy favoritlari Braziliya va Frantsiya hisoblanadi. Bu ikki jamoa juda kuchli. Albatta, Angliya, Ispaniya, Argentina va Niderlandiya kabi boshqa yaxshi jamoalar ham bor. Lekin, mening fikrimcha, Braziliya va Frantsiya qolganlaridan biroz ustunroq", - deya niderlandiyalik mutaxassisning so‘zlarini keltirdi "Marca"

Frantsiya terma jamoasi amaldagi jahon chempioni hisoblanadi. Pley-offning birinchi bosqichida “uch ranglilar” Polsha bilan kuch sinashadi. Braziliya esa OFK vakili Janubiy Koreyaga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!