
"Barselona" sobiq ustozi kataloniyaliklardan qasos olmoqchi emas
Yakshanba oqshomida "Barselona" Ispaniya chempionati doirasida "Atletik"ni qabul qiladi. Ernesto Valverde 2020 yilning yanvarida iste’foga chiqarilganidan keyin ilk bor “Kamp Nou”ga qaytadi. Hozirda basklar boshqaruvida ishlayotgan mutaxassis qasos haqida o‘ylamayotganini aytdi.
“G‘alaba haqida o‘ylayapman. Lekin men "Barsa"dan revansh olmoqchi bo‘lganim uchun emas, biz uch ochkoni qo‘lga kiritib, o‘zimiz uchun loyiq bo‘lgan o‘rinni egallash uchun g‘alaba qozonmoqchiman. Bilaman, "Kamp Nou"dan 3 ochko bilan qaytish qiyin bo‘ladi, chunki "Barselona" La Ligada juda yaxshi harakat qilmoqda.
Agar “Barselona”da o‘zimni tanigan odam bilan uchrashsam, u bilan salomlashaman va keyin ularni mag‘lub etishga harakat qilaman”, — dedi Valverde.
Fikrlar