
"Barselona" Suares o‘rniga 4 nafar hujumchi nomzodini ko‘rib chiqmoqda
Kataloniyaning "Barselona" klubi joriy qishki transferlar davrida yangi hujumchi sotib olmoqchi.
Jamoaning etakchi hujumchisi Luis Suares jarohati sabab uzoq muddat maydonga tusholmasligi bois “ko‘k-anor ranglilar” uning o‘rniga munosib hujumchi olib kelishmoqchi.
Goal.com tarqatgan xabarga qaraganda “Barsa”ning bu boradagi short-listida Lautaro Martines ("Inter"), Karlos Vela ("Los-Anjeles"), Edinson Kavani (PSJ) va Pako Alkaser ("Borussiya" Dortmund) kabi hujumchilar nomzodlari bor.
Fikrlar