
“Barselona” to‘rt o‘yinchidan birini tanlaydi
“Barselona” rahbariyati tarkibni kuchaytirish uchun transferlar bozoriga kiradigan bo‘ldi. Bosh murabbiy Xavi Ernandes maydon markazini mustahkamlashni rejalashtirmoqda.
Tayanch hududni ushlab turadigan o‘yinchi qidirilyapti. Hozircha, kataloniyaliklar bu pozitsiyaga uchta nomzod topdi.
Mundo Deportivo nashrining yozishicha, Xavi Ernandesga “Real Sosedad”dagi Martin Subimendi, “Nyukasl”dagi Bruno Gimaraesh va “Atalanta”dagi Ederson dos Santos kabi futbolchilarning o‘yini ma’qul kelgan.
Ilgari bu vazifani Serxio Buskets bajarardi. Biroq moliyaviy holat yozda unga munosib o‘rinbosar topish imkonini bermadi.
Agar yuqorida nomi keltirilgan futbolchilar kataloniyaliklarga qimmatlik qilsa, skautlar arzon alternativ sifatida “Feyenoord”dan Mats Vifferni olishni maslahat beryapti.
Fikrlar