“Barselona” va 4 ta Yevropa klublari “Bornmut” himoyachisi uchun kurashishyapti

  • 06.03.2026 15:20
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Bornmut" markaziy himoyachisi Markos Senesi joriy mavsum yakunlanmagach jamoani tark etishi mumkin.

Jurnalist Matteo Morettoning yozishicha, 28 yoshli argentinalikning kelajagi yaqin orada hal bo‘lishi kerak. Manbaga ko‘ra, Senesining "Yuventus", "Tottenhem", "Aston Villa" va Dortmundning "Borussiya" klublari bilan aloqalari bo‘lishi kutilmoqda. Shuningdek, himoyachini "Barselona" ham kuzatib bormoqda.

Senesi joriy mavsumda barcha musobaqalarni qo‘shib hisoblaganda 30 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Senesining "Bornmut" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda o‘z nihoyasiga etadi. Transfermarkt mutaxassislari futbolchining narxini 22 million yevroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!