
"Barselona" Vidalni Nainggolanga almashtirishni xohlamadi
"Barselona" klubi rahbariyati "Inter"ning Arturo Vidal evaziga Raja Nainggolanni almashtirish borasidagi taklifini o‘rganib chiqdi.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra bu taklif “ko‘k-anor ranglilar”da qiziqish uyg‘otmagan va shu bois ular bunga rad javobini berishgan.
Ma’lumot uchun, 32 yoshli Vidal o‘tgan mavsum 53ta o‘yinda maydonga tushdi va 3ta gol hamda 7ta golli uzatmaga mualliflik qildi. 31 yoshli Nainggolan esa 36ta o‘yinda 7ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar