"Barselona" yarim himoyachisini tekinga qo‘yib yuboradi
"Barselona" yarim himoyachisi Riki Puch faoliyatini MLS klubida davom ettirishi mumkin.
"Relevo" nashri bergan xabarga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" uni "La Gelaksi" jamoasiga tekinga qo‘yib yuborishi mumkin. "Barsa" uni kelajakda qayta sotib olishi mumkin. Shuningdek, kataloniyaliklar uning keyingi sotuvidan ulush oladi.
Qayd etish lozim, o‘tgan mavsumda ispaniyalik xavbek 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi. Ayni vaqtda uning transfer qiymati 7 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar