
"Barselona" yoki "Real", qaysi jamoa chempion bo‘ladi?
Opta Analyst statistik portali ekspertlari sun’iy intellektga ega kuchli superkompyuter yordamida Ispaniya chempionatining 2024-2025 yilgi mavsumida qaysi jamoa g‘olib bo‘lishini hisoblab chiqdi.
Unga ko‘ra, superkompyuter La Liganing navbatdagi mavsumi qanday o‘tishini 10 ming marta modellashtirib chiqdi. Natijada sun’iy idrok bu gal ham chempionlik “Real”ga nasib qilishini ko‘rsatdi.
Maxsus algoritmlar yordamida tashkil etilgan tadqiqotda “Qirollik klubi”ning chempionlik imkoniyati 86 foizga tengligi aniqlandi.
Keyingi o‘rinda qayd etilgan “Barselona”ning La Ligada g‘olib chiqish imkoniyati 10,3 foiz ekani aytilmoqda.
Ispaniyaning bu ikki grandini taqib qilib kelayotgan “Atletiko” futbolchilarning oltin medalga ega chiqish imkoniyati juda past – 2,25 foiz ekani ko‘rsatildi.
Quyi ligaga tushib ketish ehtimoli katta bo‘lgan jamoalar sifatida “Espanol”, “Valyadolid” hamda “Leganes” ko‘rsatilgan.
Fikrlar