“Barselona” yoki “Real”: Kim kelayotgan klasikoga yaxshi tayyorlanmoqda?

  • 23 noyabr, 2019, 19:07
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kelasi oy “Kamp Nou”da La Liganing ikki grandi o‘zaro to‘qnashadi. 18-dekabr kuni “Barselona” “Real”ni o‘z maydonida qabul qiladi.

Tecno

2019/2020-yilgi mavsumdagi ilk klasiko 26-oktabrda bo‘lishi rejalashtirilgan edi. Kataloniyadagi siyosiy protestlar, ish tashlashlar oqibatida o‘yin sanasi kechiktirildi. Xavfsizlik masalalari tufayli birinchi o‘yinni Madridda o‘tkazishni taklif qilishdi, ammo “ko‘k-anorranglilar” bu taklifni rad etdi. Jamoalar 18-dekabr sanasiga kelishib olishdi.

Har doimgidek, klasiko oldi bosim kuchayib boraveradi. Oxirgi paytlarda jamoalar faqat obro‘lari uchun o‘ynashgan bo‘lsa, bu safar nafaqat obro‘, balki, turnir jadvalidagi etakchilik uchun ham kurash bo‘ladi. Ikkala jamoa ham bir xil ochko to‘plashgan, faqat madridlikar ayrim ko‘rsatkichlar bo‘yicha ortda qolishmoqda.

Xuddi shunga o‘xshash holat La Liganing boshqa jamoalari o‘rtasida ham yuzaga keldi. “Atletiko Madrid” va “Sevilya” 24 ochko bilan uchinchi va to‘rtinchi o‘rinda turishibdi. Ulardan keyin esa 23 ochko bilan “Real Sosedad” 5-o‘rinni egallab turibdi. Ko‘rib turganingizdek, turnir jadvalidagi birinchi va beshinchi o‘rindagi jamoalar orasida 2 ochko farq bor.

Agarda klasikogacha natijalar o‘zgarmasdan, shu holida qolsa, “Barsa” va “Real” o‘rtasidagi bahs o‘ta qizg‘in tus oladi. G‘olib bo‘lgan jamoa turnir jadvali etakchiligini qo‘lga oladi. Boshqa tomondan oladigan bo‘lsak, klasikodan oldin La Ligada 4 ta tur bor va hammasi o‘zgarib ketishi mumkin.

Dam olish uchun ko‘p vaqt.

Doimgidek, klasiko oldidan ikkala jamoa futbolchilari o‘rtasida “aytishuv” bo‘ladi. Bu safargi ishtirokchilar Ramos va Pike.

“Madrid” jamoasi himoyachisi “Barsa” ulardan 29 soat ko‘proq dam olish imkoniyati borligi haqida gapirib o‘tdi.

O‘tgan juma kuni Ramos Ispaniya va Malta o‘yini oldidan bo‘lib o‘tgan press-konferensiyada ham bu haqida to‘xtalib o‘tdi:

Biz qiyin ahvolga tushib qoldik. O‘yin belgilangan muddatda (26-oktabr) bo‘lishi kerak edi. Agar shunday bo‘lganda ikkala jamoa ham o‘yin oldidan bir xil dam olish huquqiga ega bo‘lardi.

Haligacha o‘yin vaqtini o‘zgartirish imkoni mavjud ekan, shunday bo‘lishini umid qilishdan boshqa ilojim yo‘q. Agarda o‘zgarmasa, biz g‘olib bo‘lish uchun yanada ko‘proq harakat qilishimiz kerak.”

Pike esa Ramosning gaplariga o‘z munosabatini bildirdi:

Bunday shikoyatlar har doim bo‘lgan. Ammo bu taqvim, uni shunchaki qabul qilish kerak.

Albatta o‘yin vaqti o‘zgarmasdan qolishi bizga ham ma’qul edi. Agarda biz ulardan kamroq vaqt dam olganimizda biz ham shikoyat qilgan bo‘lardik. Futbolchilar 2-3 kun farqi bilan o‘ynashga o‘rganib qolishgan.”

Pike yoki Ramos. Qay biri haq?

Skysports nashriga ko‘ra, terma jamoalar o‘yinidan qaytgach “Barselona” 23-noyabr sanasida “Leganes”ga qarshi maydonga tushadi, keyin 27-noyabrda Chempionlar ligasi doirasida “Borussiya”ga qarshi bahs olib boradi.  1-dekabrda “Atletiko”, 7-dekabrda “Malorka”, 10-dekabrda esa “Inter”ga qarshi bahs uchun Milanga borishadi. Klasikogacha bo‘lgan o‘yinlarning oxirgisi "Real Sosedad"ga qarshi 14-dekabrda bo‘lib o‘tadi.

“Real Madrid” esa 23-noyabrda "Sosedad”ga qarshi, 26-noyabrda PSJga qarshi, 30-noyabrda esa “Alaves”ga qarshi bahs olib borishadi. 7-dekabrda “Espanol” bilan o‘ynasa, 11-dekabrda mehmonda “Bryugge” kutib turibdi. “Kamp Nou”dan bitta oldingi bekat Valensiyada 15-dekabr kuni “Ko‘rshapalaklar” maydoni bo‘ladi.

29 soat ko‘proq dam olish, Ramos aytganidek, kataloniyaliklarning ustun jihatlaridan biri.

“Barsa”ning “Sosedad”ga qarshi o‘yinini hisobga oladigan bo‘lsak, bu ustunlik shubha ostida qoladi. Chunki raqib 5-o‘rinni band etib turibdi va orasidagi farq 2 ochko.

So‘nggi qaror

 

Neytral olib qaraydigan bo‘lsak, “Barselona”ni Chempionlar ligasida “Inter” va “Borussiya”ga qarshi qiyin o‘yinlar kutib turibdi. Bu Valverde oldida jiddiy vazifa turganini, jamoa holatini yaxshi saqlab qolishga majbur ekanligini bildiradi. “Real”da esa nisbatan osonroq raqiblar bor. Undan tashqari Zidan yoshlardan ham unumli foydalana olyapti, Rodrigo, Federiko Valverde kabi yosh futbolchilar bunday paytlarda o‘zini ko‘rsatishiga imkon yaratiladi.

Klasiko shunday o‘yinki, natijani oldindan aytolmaysiz, xoh futbolchilar yomon holatda bo‘lishsin, xoh eng yuqori formasida bo‘lishsin. Evropadagi eng katta qarama-qarshilik hisoblanadi bu ikki grand o‘rasidagi bahs. Har qanaqa holatda ham ular maydonga kirib kelishi bilan hamma ko‘rsatkichlar 0 ga tushiriladi va ular o‘rtasida tenglik hosil bo‘ladi. Shundan so‘ng maydonda o‘zaro hisob-kitob boshlanadi.

Ronaldu ketganidan so‘ng, “El-Klasiko”larda “Barsa”ni favoritga chiqarib qo‘yishdi. Ammo oxirgi paytlarda “Rea” kuchli o‘yin namoyish qilyapti, Azar va uning jamoadoshlari La Ligada yaxshi natijalarga ega bo‘lib boryapti. 18-dekabr kuni bizni juda ko‘p syurprizlar kutyapti. Ungacha esa kim kuchli ekanligini ayta olmaymiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!