"Barselona" yozda "Oltin to‘p" sohibini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi va buning uchun rekord summa to‘lashga ham tayyor!

  • 13 aprel, 2023, 11:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Lion” hujumchisi Ada Xegerberg yozda "Barselona" ayollar jamoasiga o‘tishi mumkin.

Tecno

Marca nashri xabariga ko‘ra, "Oltin to‘p"ning birinchi ayol sovrindorini qo‘lga kiritish kataloniyaliklarning mavsumlar oralig‘idagi asosiy maqsadlaridan biridir.

Xabar qilinishicha, “Barselona” birinchi marta Xegerbergga Ayollar o‘rtasidagi Chempionlar Ligasi finalidan so‘ng qiziqish bildirgan. O‘shanda “Lion” “Barselona”ni 3:1 hisobida mag‘lub etgan, norvegiyalik futbolchi esa shu kuni o‘z hisobiga 1 ta gol va 1 ta assist yozdirib qo‘ygan.

Keyinroq “Barselona” prezidenti Joan Laporta o‘tgan yilning oktyabr oyida “Oltin to‘p”ni topshirish marosimida futbolchi bilan shaxsan uchrashgan edi. Qayd etilishicha, Xegerberg yozda «Lion»ni tark etishga tayyor, chunki u faoliyatining bu bosqichi yakuniga etganiga ishonmoqda.

Ada Xegerbergning "Barselona"ga bo‘ladigan transferi ayollar futboli tarixidagi rekord summa bo‘lishi mumkin. Boisi "ko‘k-anor ringlilar" 420 000 evro taklif qilishga tayyor. Ayni paytda eng qimmat transferni ham “Barselona” amalga oshirgan. Kataloniyaliklar angliyalik Kira Uolshni 2022 yidja “Manchester Siti”dan naqd 400 ming evroga sotib olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!