“Barselona”ga kerak futbolchi raqib tarkibida o‘ynayapti
“Barselona” yoshi katta futbolchilar o‘rniga iste’dodli yosh o‘yinchilarni topishga harakat qilmoqda. Xususan, kataloniyaliklar Jordi Alba o‘rniga ishonchli o‘yin namoyish qiladigan himoyachi qidiryapti.
Ayni paytda murabbiylar shtabiga “Valensiya” vakili Xose Gayyaning o‘yini ma’qul kelmoqda. Bu futbolchi Ispaniya terma jamoasi safida ham chap qanotda muvaffaqiyatli o‘ynab kelmoqda.
“Valensiya” bu himoyachining transferini 35 millionga baholanmoqda.
Xose Gayya yakunlangan mavsumda primerada 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol muallifi bo‘ldi.

Fikrlar